Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda yana portlash: bu safar bozorda

Afg‘onistonda yana portlash: bu safar bozorda

Foto: AP / Rahmat Gul

Kecha, 31-mart kuni Afg‘onistonning Jalolobod shahridagi bozorda portlash yuz berdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi. Bu haqda Nangarhar viloyati gubernatori vakili Ataulloning ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Guvohlarning xabar berishicha, portlovchi qurilma bozor hududida joylashgan vrach qabulxonasida sodir bo‘lgan.

Hozircha birorta jangari guruh portlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Shuningdek, 31-mart kuni Afg‘onistonning Qandahor shahrida mina portlashi natijasida mamlakat qurolli kuchlari vakillarining ikki nafari halok bo‘lib, uchtasi jarohatlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring