Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amsterdam aeroportida «Boeing» va «Airbus» to‘qnashib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q

Amsterdam aeroportida «Boeing» va «Airbus» to‘qnashib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q

Foto: «Pixabay.com»

Bugun, 9-iyul kuni Amsterdam (Gollandiya)dagi «Sxipxol» aeroporti terminali yaqinida ikki yo‘lovchi havo layneri — «KLM» aviakompaniyasining «Boeing 737-800» hamda «EasyJet» loukosterining «Airbus A320» samolyotlari to‘qnashib ketdi.

To‘qnashuv havo laynerlaridan biri parvozga chog‘lanayotgan paytda sodir bo‘lgan. Hodisa aeroport shi tartibiga ta’sirini ko‘rsatmadi. Hozirda uchuvchilar, haydovchilar va aivadispetcherlar so‘roq qilinyapti.

«Boing» Madridga, «Eyrbus» Londonga uchishi kerak edi. Bu samolyotlarning yo‘lovchilari xuddi shu yo‘nalishlarda uchuvchi boshqa samolyotlarga o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring