Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun yer olib berishni va’da qilganlar firibgar bo‘lib chiqdi

Andijonda baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun yer olib berishni va’da qilganlar firibgar bo‘lib chiqdi

Andijon viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbirda fuqaro M.M. tadbirkor O‘.ning ishonchiga kirib, unga Andijon tumani, Mirobod MFY hududidan sholichilik hamda baliqchilik ko‘li tashkil qilishi uchun kadastr idoralarida ishlovchi tanishi orqali 2,3 gektar yer maydonini 20 000 AQSh dollariga olib berishni va’da qilib, shundan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Andijon viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat kadastr korxonasi sobiq mutaxassisi B.A. fuqaro M.M.dan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring