Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda «Damas»ni olib qochgan o‘smirga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Andijonda «Damas»ni olib qochgan o‘smirga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

29-oktyabr kuni soat taxminan 20:10 da Andijon shahrining Boburshoh ko‘chasida joylashgan «Karaoke 777 bar» nomli kafe oldida A.O. tomonidan orqa eshigi ochiq holda qarovsiz qoldirilgan «Damas» avtomashinasi olib qochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Holat yuzasidan 30-oktyabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.X. sodir etganligi aniqlanib, u olib qochilgan «Damas»ni Xo‘jaobod tumani, Uzun ko‘chasida boshqarib ketayotganida YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring