Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yo‘lovchi «Cobalt» haydovchisini pichoqladi

Andijonda yo‘lovchi «Cobalt» haydovchisini pichoqladi

Foto: «iiv.uz»

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida joriy yilning 18 sentyabr kuni “Qorako‘rpa” MFYda yashovchi A.A. tanishi O.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan vaqtida “Vaxim” MFY hududiga yetib kelganlarida A.A. o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal sabab O.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada O.A. kasalxonaga yotqizilib, A.A. qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring