Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda er-xotin ko‘mir isidan zaharlanib vafot etdi

Angrenda er-xotin ko‘mir isidan zaharlanib vafot etdi

Foto: IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Joriy yil 24-aprelga o‘tar kechasi Toshkent viloyati, Angren shahri, Ko‘kterak mahallasida yashagan A.N. va rafiqasi O‘.N.lar ko‘mir isidan zaharlanib vafot etganlar. Aniqlanishicha, ular uydagi isitish pechiga ko‘mir yoqib, so‘ng uxlab qolishgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV ko‘mir-gaz va boshqa yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring