Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qum bo‘roni sabab Toshkentdan Moskvaga uchayotgan samolyot Buxoroga qo‘ndi

Qum bo‘roni sabab Toshkentdan Moskvaga uchayotgan samolyot Buxoroga qo‘ndi

Illyustrativ surat

Foto: «Prirodnie yavleniya»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining ma’lum qilishicha, Toshkent-Urganch-Buxoro yo‘nalishidagi NU-51 reysi bilan uchgan samolyot noqulay ob-havo tufayli «Urganch» aeroportidan Nukus shahridagi zaxira aerodromga o‘tishga majbur bo‘ldi.

MAK axborot xizmatining xabariga ko‘ra, qo‘nish amaliyoti o‘zgarishiga kuchli qum bo‘roni sabab bo‘lgan. Shuningdek, Toshkent-Urganch-Moskva yo‘nalishidagi NU-55 reysi ham xuddi shu sabab bilan Buxoro shahridagi qo‘shimcha aerodromga qo‘ndi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27-may kuni Xorazm viloyatiga Orol dengizi tomonidan qumli bo‘ron bostirib kelgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring