Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya qirg‘oqlarida 90 ta kit nobud bo‘ldi

Avstraliya qirg‘oqlarida 90 ta kit nobud bo‘ldi

Foto: «Kp.ru»

Avstraliyaning Tasmaniya oroli qirg‘oqlarida o‘zini quruqlikka otgan 270 ta kit aniqlandi.

Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvilar 90 ta jonivorning nobud bo‘lganiga guvoh bo‘lishdi. Qolgan kitlarni qutqarish ishlari ikki kun davom etishi kutilyapti, ob-havo sharoitlari vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Fojia Makkuori bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan. Jonivorlarning ommaviy o‘z joniga qasd qilishi sabablari o‘rganilmoqda. Bunchalik ko‘lamdagi kitlar o‘limi 2000-yillardan beri kuzatilmagandi. Ta’kidlash kerakki, har yili o‘rtacha 2 mingta kit o‘zini qirg‘oqqa otadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring