Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda qullikka tushib qolgan homilador ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Qozog‘istonda qullikka tushib qolgan homilador ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi o‘tgan yilning noyabridan buyon Qozog‘istonda bir ish beruvchining qo‘lidan boshqasiga o‘tkazilayotgani, homilador ayolini pasportsiz vatanga jo‘nata olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu holat yuzasidan mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari hamkorlikda o‘rganish olib bordi. Haqiqatdan ham qozog‘istonlik ish beruvchi tomonidan B.Saiboyev va uning xotinini pasportlari olib qo‘yilganligi aniqlangan.

Qozog‘istonlik ish beruvchi va mas’ul tashkilotlar bilan tegishli muzokaralar olib borilib, ushbu vatandoshlarimizning pasportlarini olib berishga erishildi.

Bugungi kunda B.Saiboyev Turkiston shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Uning ayoli O‘zbekistonga qaytarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring