Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT Ukrainaga yordam berish uchun mablag‘ yetmayotganini ma’lum qildi

BMT Ukrainaga yordam berish uchun mablag‘ yetmayotganini ma’lum qildi

Foto:«RIA Novosti»

BMTning Ukraina bo‘yicha gumanitar dasturlar koordinatori Nil Uolker tashkilot mamlakatdagi mojarolardan zarar ko‘rgan aholiga yordam berish uchun yetarli mablag‘ga ega emasligini ma’lum qildi. Bu haqda «РИА Новости» xabar qilmoqda. Gumanitar masalalar koordinatsiyasi bo‘yicha boshqarma bahosiga ko‘ra, joriy yilda Ukrainadagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun 187 million dollar talab etiladi. Uolkerning aytishicha, tashkilotning gumanitar agentliklari Ukrainaning janubi-sharqiy qismida yashovchilarga yordam berish uchun kerak bo‘lgan mablag‘ning faqat uch foizigagina ega.

«Bugun men a’zo mamlakatlardan Ukrainadagi mojarolar oqibatida zarar ko‘rgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashlarini va yetishmayotgan 97 foiz mablag‘ni yig‘ishga hissa qo‘shishlarini so‘rayman. Men nizolashayotgan tomonlarni xalqaro gumanitar huquqlarga rioya qilishga chaqirishda davom etaman. Tinch aholi va fuqaroviy infratuzilma himoya ostida bo‘lishi lozim», — dedi Uolker BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Ukrainadagi vaziyat borasidagi brifingida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring