Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir o‘rinbosari va Prezident devoni xodimi YTHda jiddiy jarohatlangan

Bosh vazir o‘rinbosari va Prezident devoni xodimi YTHda jiddiy jarohatlangan

20-avgust kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida Bosh vazir Abdulla Aripovning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, tibbiyot ma’lumotnomasiga ko‘ra, yo‘l transport hodisasi oqibatida «Mercedes-Benz» rusumli xizmat avtomashinasi salonida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovda tibbiy muolaja talab etilmaydigan yengil shikast, Bosh vazir o‘rinbosari A.Sultonovda chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko‘krak qafasi 7-10 qovurg‘alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi, Prezident devoni mas’ul xodimi U.Qurbonovda o‘ng qo‘l bilak suyagi yopiq sinishi kabi tan jarohatlar, haydovchi R.T.da bosh tepa sohasi hamda o‘ng yelka, o‘ng bilak ochiq bo‘g‘imi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Shuningdek, yo‘l transport hodisasi oqibatida «Damas» avtomashinasi haydovchisi B.S.da peshona sohasi lat yeyishi, yo‘lovchi A.M.da o‘ng umrov suyagini yopiq sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.

A.Sultanov, U.Qurbonov, B.S., A.M. shifoxonaga joylashtirilib, ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. R.T.ga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring