Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘stonliqda «Ucell» antennasining batareyasini o‘g‘irlab ketishdi

Bo‘stonliqda «Ucell» antennasining batareyasini o‘g‘irlab ketishdi

Foto: «Kommersant»

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘g‘irlik sodir etildi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2018-yil 9-yanvardan 24-fevralgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs «COSCOM» MChJga tegishli Soyliq qishlog‘ida joylashgan antenna minorasi hududiga temir setkasini oshib o‘tish yo‘li bilan kirib, umumiy qiymati 6 million so‘mlik TS stansiyasining 4 dona akkumulyator batareyalarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchi R.T. va «Salar» ShFYda yashovchi Sh.T.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlangan va batareyalar o‘z joyiga qaytarilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring