Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buloqboshida 47 yoshli fermer noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi

Buloqboshida 47 yoshli fermer noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi

Foto: Tru-D

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida qotillik sodir etildi.

Viloyat ichki ishlar bo‘limidan xabar qilishlaricha, bir necha kun muqaddam tumandagi fermer xo‘jaliklarining birida rahbarlik qilgan, 1971 yilda tug‘ilgan A.X.ning qonga belangan jasadi dala maydoni chetidan topildi. Aniqlanishicha, marhum bo‘yin va ko‘krak qismiga urilgan pichoq zarbi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida marhum A.X.ga tegishli bo‘lgan «Ural» rusumli velosiped chap tepki pedali singan holda topib olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring