Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahri ichimlik suvisiz qoldi

Buxoro shahri ichimlik suvisiz qoldi

Foto: «O‘zsuvta’minot»

11-iyun kuni Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasidan o‘tuvchi markaziy ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani tufayli shahar aholisining ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ xabar berdi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joyga borib, jarayon bilan shaxsan tanishgan.

Ayni paytda ta’mirlash ishlari davom etmoqda, shisha tolali hobusni diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirish rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda suv ta’minoti tiklangani xabar berilganicha yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring