Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda keksa kishi va yosh yigit o‘rtasida «qonli jang» yuz berdi

Buxoroda keksa kishi va yosh yigit o‘rtasida «qonli jang» yuz berdi

Foto: Tergov departamenti

2020-yilning 2-iyul kuni soat 03:25 da Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIBga tuman kasalxonasidan xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, Shofirkon tumani «Zarchibek» MFYda yashovchi 24 yoshli M.F. va 65 yoshli Ya.N. lar tan jarohatlari olib, murojaat qilganliklari to‘g‘risida ma’lum qilingan. Mazkur xabar asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi yuborilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, joriy yilning 2-iyul kuni soat 00:30 da Ya.N. o‘z uyida M.F. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib turib, o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik va janjal oqibatida, Ya.N. uyida bo‘lgan temir armatura bo‘lagi bilan M.F. ni bosh qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.  Shundan so‘ng M.F. qarshilik ko‘rsatib, Ya.N. ning qo‘lidan temir armatura bo‘lagini tortib olib, uni ham tanasining bosh, ko‘krak, qorin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan. Ya.N. tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring