Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda uy ichida qulflanib qolgan 3 yoshli bola qutqarib olindi

Buxoroda uy ichida qulflanib qolgan 3 yoshli bola qutqarib olindi

Foto: FVV

Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 11:30larda Buxoro shahar Piridastkir ko‘chasi 9/2-sonli ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatida istiqomat qiluvchi J.Sh Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga murojaat qildi. Murojaatda xonadon eshigi qulflanib qolgani va ichkarida 2016 yilda tug‘ilgan nabirasi H.X eshikni ocha olmayotgani to‘g‘risida aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul navbatchi qutqaruv otryadi komandiri leytenant S.Yormaxmatov boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi. Xonadon derazasi ochiqligini aniqlagan qutqaruvchilar darhol to‘rtinchi qavatga maxsus narvon orqali ko‘tarilib, qutqaruv ishlarini amalga oshirdi. Olib borilgan sayi-harakatlar natijasida uy ichidan eshik ochilib, 3 yoshli bola otasiga topshirildi. Bu orqali yana bir bor, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatning oldi olindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring