Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorolik Juletta bir necha fuqaroni katta pulga chuv tushirgan

Buxorolik Juletta bir necha fuqaroni katta pulga chuv tushirgan

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ichki ishlar organlariga Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro, 61 yoshli D. R.dan ariza kelib tushdi. U o‘z murojaatida X.Julettaga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, X.Juletta D.R.ning o‘g‘lini Koreyadagi avtozavodlardan biriga ishga joylab qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmagan.

Tergov ishlari davomida asli Buxoro viloyatida yashovchi 55 yoshli fuqaro hech qayerda ishlamasligi va fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish vakolati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, gumonlanuvchi D.R.dan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini tan olgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumondorning xuddi shu turdagi yana boshqa jinoyatlarga ham aloqasi borligi aniqlandi. Jumladan, X.Julettaning va’dasiga uchgan yana olti nafar shaxs ayni vaqtda ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Jabrlanganlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy va Buxoro viloyatida yashovchi fuqarolar ham bor. Gumonlanuvchidan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring