Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar ligasining final uchrashuvi arafasida bomba xavfi

Chempionlar ligasining final uchrashuvi arafasida bomba xavfi

Foto: «Nv.ua»

Chempionlar ligasining final uchrashuviga mezbonlik qiladigan Kiyev shahrida bomba xavfi tufayli 5 ta metro bekati yopildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Kiyev politsiyasining surishtiruvi natijasida hech qanday xavf yo‘qligi ma’lum bo‘lgach, metrolar yana ochildi.

Kiyev metrosining «Dnepr», «Gidropark», «Levoberejnaya», «Arsenalnaya» va «Geroi Dnepra» metro bekatlari bomba xavfi tufayli yopib qo‘yilgan edi. Xavf yo‘qligi aniqlangach, ular yana ochildi.

Xabaringiz bor, yana bir necha daqiqalardan so‘ng Chempionlar ligasining final uchrashuvida Ispaniyaning «Real Madrid» hamda Angliyaning «Liverpul» jamoalari maydonga tushishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring