Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzorda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 24-yanvar kuni soat 09:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borib, yong‘in soat 10:57 da qurshab olindi va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra omborxonaning taxminan 250 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

FVV matbuot xizmati hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring