Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chimyon yo‘lida avtobus pastlikka tushib ketdi (foto)

Chimyon yo‘lida avtobus pastlikka tushib ketdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida soat taxminan 15:30 larda haydovchi U.A Toshkent shahar, «EASY GO TRANS» MChJga tegishli bo‘lgan «GOLDEN DRAGON» rusumli, davlat raqam belgisi 01039 NEA bo‘lgan avtobusida Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan «Toshkent-Chimyon» avtomobil yo‘lining 81 km.da yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur avtobus shu vaqtda haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz bo‘lgan. Uzatmalar qutisi neytral holatda turgan vaqtida o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib ketishi natijasida haydovchisiz harakatlanib borib, taxminan 30-40 metrlar yurib, qatnov yo‘lining o‘ng tomonidagi pastlikka taxminan 10 metrlar tushib to‘xtab qolgan.

Foto: «Xabar.uz»

Avtobus 2016-yilda ishlab chiqarilgan, texnik soz holatda bo‘lgan. Toshkent shahar Transport Boshqarmasi tomonidan litsenziya varaqasi berilgan.

Mazkur holat natijasida hech kim tan jarohati olmagan avtobus texnik shikastlangan bo‘lib, qisqa muddatda transport vositasini pastlikdan chiqarish choralari ko‘rilgan.          

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring