Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cobalt 16 yoshli bolani urib, uchirib yubordi

Cobalt 16 yoshli bolani urib, uchirib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt avtomobili yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB matbuot kotibi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 25 may kuni tumanning Navoiy shohko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lda Cobalt haydovchisi «Pastki Kalangar» mahallasida yashovchi 16 yoshli piyoda A.N.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namanganda 14 yoshli bola «Jiguli»da o‘z tengdoshini bosib ketgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring