Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Cobalt» va «MAN» to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

«Cobalt» va «MAN» to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Suratning ushbu voqeaga aloqasi yo‘q.

Foto: «Repost.uz»

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida kecha, 11-avgust kuni Jizzax shahrida yashagan I.E. o‘zining «Kobalt» rusumli avtomashinasini haydab ketayotib mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, u o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan V.I. boshqaruvidagi «MAN» rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda «Kobalt» haydovchisi I.E. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Uning 3 nafar yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ulardan biri — Jizzax shahrida yashagan Sh.M. vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring