Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Dam olish kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Foto: «Asr.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 18-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -4 ... -2 daraja, kunduzi +5 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Nukusda havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -8 ... -3, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -6 ... -1 daraja, kunduzi +6 ... +11 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -13 ... -8, kunduzi -2 ... +3 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -10 ... -5, kunduzi +5 ... +10 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring