Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Damas» fojiaga sabab bo‘ldi

«Damas» fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: «Commons.m.wikimedia.org»

Shu yil 31-may kuni soat 21:30 larda, Nanay-Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 15 km.da, Birlik MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro «Damas» rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1972-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring