Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denovdagi hodisada 2 kishi halok bo‘ldi

Denovdagi hodisada 2 kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2019-yil 29-dekabr kuni soat 18-30larda, Surxondaryo viloyati Denov tumanidan o‘tgan 4R100 «Manguzar-Jarqo‘rg‘on-Bandixon-Oltinsoy-Denov» avtomobil yo‘lining 167-km.da uch mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Haydovchi Oltinsoy tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan M.A. «UAZ» rusumli avtomobilini boshqarayotib, shu yo‘nalish bo‘ylab oldinda harakatlanib ketayotgan «Traktor»ni quvib o‘tish uchun yo‘lning qarama-qarshi harakat bo‘lagiga chiqgan vaqtida, avtomobilga ortilgan yukning og‘irligi sababli boshqaruvni yo‘qotib ag‘darilgan. Shu yo‘nalish bo‘ylab qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Denov tumanida yashagan, 1999-yilda tug‘ilgan T.Sh. o‘z boshqaruvidagi «VAZ-2107» rusumli avtomobilini «UAZ» avtomobili bilan to‘qnashuvini oldini olish maqsadida rulni o‘nga burgan vaqtida, avtomobil boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga ag‘darilgan. Shuningdek, shu yo‘nalishda xarakatlanib kelayotgan, haydovchi Uzun tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan T.Sh. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomobili «UAZ» avtomobili bilan to‘qnashgan.

Natijada «VAZ-2107» avtomobili haydovchisi T.Sh. va yo‘lovchisi Denov tumanida yashagan, 1998-yilda tug‘ilgan T.Sh.lar voqea joyida halok bo‘lgan. Avtomobilning boshqa yo‘lovchilari Denov tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan X.F. va 1997-yilda tug‘ilgan J.J.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

«Hurmatli haydovchilar, amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari»ga asosan haydovchi transport vositasini boshqarish vaqtida, harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak.

Shuningdek, haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin:

  • o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;
  • quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shartligini eslatib o‘tamiz», deyiladi xabarda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring