Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Sirdaryoda giyohvand moddalarning katta partiyasini qo‘lga oldi

DXX Sirdaryoda giyohvand moddalarning katta partiyasini qo‘lga oldi

Sirdaryo viloyati Davlat havfsizlik xizmati boshqarmasi hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qo‘shni Tojikistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘iston respublikasiga olib o‘tilayotgan giyohvand moddalarning katta partiyasi qo‘lga olindi.

Tojikiston fuqarosi Soyib O‘zbekistonga giyohvand moddalarni olib kirib ularni Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Shuhrat Asqaraliyevning uyida saqlagan.

Jinoiy guruhning tashkilotchisi, Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yashovchi Elyor Jo‘rayev Shuhrat Asqaraliyevning uyidan «giyohlarni» olib ketib, Sirdaryo viloyatining aylanma yo‘llaridan o‘tayotganda DXX hodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ekspertiza tekshiruvlarida, ayblanuvchidan olib qo‘yilgan moddalar geroin ekani aniqlanib, og‘irligi 20 kilogramm 32 grammni tashkil qildi. Ularning narhi tahminan 300 ming AQSh dollariga baholanmoqda.

Hozirda, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati DXX boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari davom etmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring