Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX qariyb 65 kg giyohvand moddani musodara qildi

DXX qariyb 65 kg giyohvand moddani musodara qildi

Foto:«Lenta.ru»

DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Tojikistondan katta miqdordagi giyohvandlik moddasi kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududiga yashirib qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.

So‘ngra voqea joyidan 61 kg 838 gr. «gashish» giyohvandlik moddasi protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi. Hozirda mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Abduhalil Sabaydullayev boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina Namangan shahrida to‘xtatilib, tekshirildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasidan 1,5 kg «gashish» giyohvandlik moddasi topildi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasida yashovchi Akrom ismli shaxs ushbu giyohvand moddani aylanma yo‘llar orqali Yangiqo‘rg‘on tumaniga olib o‘tib, uni Abduhalil Sabaydullayevga yetkazish uchun mazkur tumanning «Oqtom» mahallasida yashovchi, 1972 y.t. Bahodir Komilovga topshiradi. O‘z navbatida Bahodir Komilov og‘uni viloyat markazida kutib turgan Abduhalil Sabaydullayevga yetkazib beradi. 

Tezkor tadbir davomida Bahodir Komilov ham voqea joyida ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1964-y.t. Sabaydullayev Abduhalil Abduqodirovich muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 2016 yil jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining hukmiga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, 2018-yildan esa axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tab kelayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1991-y.t. Ulug‘bek Sultonov mamlakatimizning Qirg‘iziston bilan chegaraoldi hududi hisoblangan «Yog‘du» mahallasida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilganda, uning yonidan 278 gr. gashish giyohvandlik moddasi hamda 1000 AQSh dollari topildi. Aniqlanishicha, Sultonov mazkur giyohvandlik moddasini qirg‘izistonlik “Baxt” ismli shaxsdan olib, kontrabanda yo‘li bilan respublikamiz hududiga olib kirgan.

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yashovchi 1987 y.t. Akmal O‘runov boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina G‘uzor tumanidagi YPX maskanida to‘xtatildi. Tekshiruv jarayonida avtomobilning motor qismiga yashirib qo‘yilgan 506 gr. gashish hamda 236 gr. opiy giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Aniqlanishicha, O‘runov ushbu giyohvand moddalarni Tojikiston Respublikasida yashovchi Xurshid ismli shaxsdan 4500 AQSh dollariga sotib olib, kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga o‘tkazgan va uni kelgusida sotish maqsadida Qarshi shahriga olib ketayotgan bo‘lgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring