Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Toshkent va Samarqanddagi korrupsiya holatlarining oldini oldi

DXX Toshkent va Samarqanddagi korrupsiya holatlarining oldini oldi

Foto:«Xabar.uz»

DXX Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazdi.

Yangiyo‘l tuman ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi mahalliy fuqaroni «Chinobod neft baza» mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX xodimlarining Prokuratura organlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida u kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollarini Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali yonida olayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand davlat universiteti xodimi 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi a’zosi bo‘lgan katta o‘qituvchi bilan birgalikda ikki kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6 ming AQSh dollari olayotgan vaqtlarida ushlandilar.

Shuningdek, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi o‘zi faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtiga ikki nafar fuqaroni davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, ularning har biri uchun 5 ming AQSh dollaridan pul so‘rab, avvaldan 2 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring