Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr muammosi sabab yo‘l to‘sishga chiqqan 9 kishi qamaldi

Elektr muammosi sabab yo‘l to‘sishga chiqqan 9 kishi qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida elektr ta’minotidan norozi bo‘lib, «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlarning 13 nafari sudga chaqirilgani xabar qilingandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi 13 nafar fuqaroga nisbatan hukm chiqardi.

Unga ko‘ra, mazkur fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-moddasi 4-qismi (transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tish) va 201-moddasi 1-qismi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan aybdor deb topildi.

Sud qaroriga ko‘ra, namoyishning to‘qqiz ishtirokchisi 15 sutkaga qamaldi. Qolgan to‘rt kishiga esa (huquqbuzarlarning yoshini hisobga olgan holda) BHMning 7 baravari (1 million 715 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni taxminan ertalab soat 09:00 dan 10:20 larga qadar «Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasiga qarashli Ayratom temir yo‘l bekati hududida Chiroqchi tuman «Ayratom» qishlog‘i fuqarolari temir yo‘l ustiga yig‘ilganligi aks etgan video tarqalgandi. Tuman hokimi elektr muammosini bartaraf etish bo‘yicha so‘zida turmagani uchun aholi poyezd yo‘lini to‘sishga chiqqani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring