Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektr rozetkasiga yashirilgan xazina

Elektr rozetkasiga yashirilgan xazina

Foto: «Merkur.de»

«Merkur.de» xabar berishicha, Haydhauzen(Bavariya)lik elektrik Oliver Yungtoybl elektr rozetkasi ichiga yashirilgan xazinani topib oldi. Uni nosozlik bo‘yicha chaqirishgandi.

«Rozetkani ochsam, ichida kabellar yo‘q, o‘rnida pullar turardi, — deydi Yungtoybl. — Ishimni kuzatib turgan uy bekasi 26 ming yevro naqd pulni u yerdan sug‘urib olganimni ko‘rib sal bo‘lmasa hushidan ketib qolayozdi. Keyin biz politsiyani chaqirdik».

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari rozetka ichidan yana bir necha o‘ram yevro va dollarlarni topishdi. Keyin aniqlanishicha, bu pullar uyning sobiq ijarachisi, bir necha yil avval vafot etgan kishiniki ekan. Politsiya endi marhumning yaqinlari — bo‘lajak merosxo‘rlarni qidirmoqda.

Omadli va vijdonli elektrik Oliver Yungtoybl. Foto: «Merkur.de»

Germaniya fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yo‘qolgan buyum yoki pulni topgan odam, uning qiymatidan kelib chiqib, bir qismiga da’vo qilishi mumkin. Agar topib olingan pul 500 yevrodan oshmasa mukofot puli 5 foiz bo‘lishi kerak. Elektrik Yungtoybl esa 80 ming yevroning 3 foizini, ya’ni 2,4 ming yevroni mukofot sifatida qo‘lga kiritishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring