Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona va Andijonda yer qimirladi

Farg‘ona va Andijonda yer qimirladi

Bugun, 22-yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan 09:02 da (22.01.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 04:02 da) Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 39,48 gradus shimoliy kenglik; 72,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 353 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Andijon: 147 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 126 km, 2 ball.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring