Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «o‘qimagan haydovchi» inson umriga zomin bo‘ldi

Farg‘onada «o‘qimagan haydovchi» inson umriga zomin bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 15-sentyabr kuni soat 06:30 larda, Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Jalayer MFY hududidan o‘tgan A-373B avtomobil yo‘lining 35-kilometrida haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan S.Sh. «Vaz-21063» rusumli avtomobilda me’yoriy hujjatlarsiz harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida, yo‘lning chap tomon chetida to‘xtab turgan piyoda, 1976-yilda tug‘ilgan D.Sh.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 44 yoshli D.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, ota-onalar haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga transport vositasini boshqarish uchun bermasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring