Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada karantindan qochgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada karantindan qochgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020-yil 7-aprel kuni Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kelgan fuqaro X.S. (2002-y.t.) Farg‘ona shahrida tashkil etilgan karantin hududiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yotqizilgan. Birok, u epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, karantin hududidan noma’lum tomonga qochib yashiringan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, fuqaro X.S. Farg‘ona shahar, Muborak ko‘chasidagi uyda yashiringanligi aniqlanib, karantin hududiga qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan 9-aprel JKning 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring