Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada kuchli sel keldi

Farg‘onada kuchli sel keldi

Kecha, 27 may kuni taxminan soat 15:50 larda Farg‘ona tumani Yordon qishlog‘i hududida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi natijasida Qayirma sel yo‘lida taxminan 3-4 m3/s hajmdagi sel oqimlari kelgan.

Natijada shu xududdagi 1 ta aholi xonadoniga sel oqimi kirishi kuzatilgan bo‘lib, xonandonning turar joyi va ekin maydonlariga zarar yetgan. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

«Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.

Avvalroq kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring