Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada sudyani haqorat qilib, unga mulkiy zarar yetkazgan shaxs javobgarlikka tortildi

Farg‘onada sudyani haqorat qilib, unga mulkiy zarar yetkazgan shaxs javobgarlikka tortildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi (ayol) xizmat vazifasini bajarayotgan paytda qarshilikka duch kelgani, ish bo‘yicha taraf bo‘lmagan shaxs kuch bilan uning qo‘l telefonini tortib olib, qasddan sindirib tashlagani xabari berilgandi.

O‘tkazilgan surishtiruv aybdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi bilan yakuniga yetdi. Ya’nikim, 1990-yilda tug‘ilgan M. Axunov 2021-yilning 23-aprel kuni mulklarni bo‘lish haqidagi da’vo ariza yuzasidan nizoni joyida o‘rganish uchun Farg‘ona tumani, «Ilg‘or» MFY, Saxovat ko‘chasidagi xonadonga kelgan sudyani haqorat qilib, qo‘l telefonini tortib oladi va yerga urib sindiradi.

Sudda huquqbuzar qilmishini inkor etgani yo‘q.

Pirovardida, sud uni MJtKning 41- (haqorat qilish) va 612-moddalarida (o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topib, mazkur Kodeksning 34-moddasiga asosan uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanadi.

Shuningdek, sud qarorida sudyaga yetkazilgan moddiy zarar (1 mln. 600 ming so‘m) undirilishi ham belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring