Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada yosh yigit IIB xodimlarining xatti-harakatlariga norozilik sifatida tomirini kesdi

Farg‘onada  yosh yigit IIB xodimlarining xatti-harakatlariga norozilik sifatida tomirini kesdi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani IIBda  talonchilikda gumonlangan yosh yigit tomirini kesganiga oid xabarlar tarqadi. Aytilishicha, yosh yigit ichki ishlar bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlariga norozilik sifatida shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.  Oilaning yolg‘iz boquvchi bo‘lgan gumondor ilgari ham bahsli ayblov bilan bir necha oy «o‘tirgani» aytiladi.

Farg‘ona vildoyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, gumondorga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga olib ketilayotgan vaqtda u  qo‘l bilak sohasini kesib, o‘ziga jarohat yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Namanganda viloyat IIBning Jinoyat-qidiruv boshqarmasi ikki nafar katta tezkor xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani xabari berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring