Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Fransiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: «Flickr»

Bugun, 21-iyun kuni Fransiya g‘arbida magnitudasi 5,1 balli yer silkinishi qayd etildi, deb xabar bermoqda «The Independent».

Fransuz milliy seysmik xizmatidan xabar berishlaricha, butun Fransiyani larzaga solgan zilzila epitsentri mamlakat g‘arbida, Bressyuir shahri yaqinida joylashgan.

Ta’kidlanishicha, yer silkinishlari butun mamlakat bo‘ylab, ayniqsa, Le-Man, Nant, Renn, Kan, Bordo va Normandiyada yaqqol sezilgan. Ayni paytgacha zilzila talafotlari haqida ma’lumot olinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring