Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV qor yog‘ishi munosabati bilan haydovchilarni ogohlantirdi

FVV qor yog‘ishi munosabati bilan haydovchilarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 22-noyabr kuni A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, shamol tezligi 7-12 m/s gacha  kuchayishi, harorat kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuq bo‘lishi, yo‘llarda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.                                      

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq noxush holatlar oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring