Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV Toshkent — Samarqand yo‘li sel tufayli 1 soat 40 daqiqa yopiq turganini tasdiqladi

FVV Toshkent — Samarqand yo‘li sel tufayli 1 soat 40 daqiqa yopiq turganini tasdiqladi

Foto: «Xabar.uz»

Biroz vaqt muqaddam Toshkent — Samarqand yo‘lining G‘allaorol tumaniga tegishli qismida suv bosishi tufayli avtomobillar qatnovi qiyinlashib, uzun tirbandliklar yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Xabar.uz saytiga xabar qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan holat bartaraf etilgan.

— M-39 Tashkent - Bishkek - Olma-Ota yo‘lining 1027 kilometrida sel kelgani tufayli mahalliy vaqt bilan 19.00dan 20.40 ga qadar harakatlanish to‘xtab qoldi. Ayni vaqtda noqulaylik bartaraf etildi va transport harakati qayta tiklandi, — deyiladi ma’lumotda.

Toshkent — Samarqand yo‘lidagi holat. Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Umumiy hisobda yo‘l 1 soat 40 daqiqa yopilib qolgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, shu kunlarda ba’zi tog‘li hududlarda bir oylik yog‘in normasi bir necha soatda yog‘ishi kuzatilmoqda. Vazirlik tomonidan kutilmagan noqulayliklar bartaraf etilishi uchun tezkor tadbirlar ko‘rilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring