Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz quyish shoxobchasida «Labo» avtomashinasi yonib ketdi

Gaz quyish shoxobchasida «Labo» avtomashinasi yonib ketdi

Foto: «IIV.UZ»

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 3-noyabr kuni soat 19:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida joylashgan «Metan» gaz quyish shoxobchasida haydovchi Sh.H. gaz to‘ldirib bo‘lgach ulagich moslamasini uzmasdan «Labo» rusumli transport vositasida harakatlanganligi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan gaz to‘ldirish shoxobchalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring