Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘ijduvondagi oilaviy janjalda erkak 25 yashar xotinining qotiliga aylandi

G‘ijduvondagi oilaviy janjalda erkak 25 yashar xotinining qotiliga aylandi

20-may kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi B.M. (1991-y.t.) o‘zi yashab kelayotgan uyda turmush o‘rtog‘i Z.S.ni (1994-y.t.) rashk tufayli o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida uning bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

B.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring