Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haj ziyorati paytida farg‘onalik fuqaro vafot etgan

Haj ziyorati paytida farg‘onalik fuqaro vafot etgan

Foto: xs.uz

Haj ziyorati paytida Madina shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Farg‘onalik Muhammad Ismoilovning o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Janoza namozi 31-iyul kuni Al-Masjid an-Nabavi masjidida o‘qilgan va u Madina shahridagi «Boqe’» qabristoniga dafn etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabariga ko‘ra, joriy yilda 6970 nafar fuqaro Haj ziyoratiga borgan. O‘zbekistonlik ziyoratchilar ijtimoiy himoyaga muhtoj 14326 fuqaroga 9,3 mlrd. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring