Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hali birortasi 40 yoshga ham yetmagan edi» – mudhish hodisa sababi ma’lum bo‘ldi (video)

«Hali birortasi 40 yoshga ham yetmagan edi» – mudhish hodisa sababi ma’lum bo‘ldi (video)

Videodan kadrlar

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida talafoti bilan yaqin yillardagi avtohalokatlarning hammasidan dahshatlisi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 8 may tungi soat 22:10 larda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, katta tezlikda yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan «VAZ 210» avtomashinasi, o‘z yo‘lida harakatlanayotgan, ammo yuqori tezlikda bo‘lgan Neksiyaga uriladi.

Sodir bo‘lgan ushbu avtohalokat yetti kishining umriga yakun yasadi. Hodisa ishtirokchilarining ikki nafari hozirda shifoxonada hayot bilan kurashmoqda.

Achinarlisi, halok bo‘lganlarning ikki nafari 1 va 4 yoshli bolalar bo‘lgan. Qolganlari ham asosan yoshlar bo‘lib, ularning birortasi hali 40 yoshga yetmagandi.

«Uyda yerni traktorda haydatgan edim. Shunga tushlik mahali 200-300 gramm atrofida ichgandim. Kechgi soat 20:00lardan keyin yo‘lga chiqdim. Jiyanim bilan yo‘lning qarshi tomonida harakatlanib ketayotgan edim. Aybim kechga yo‘lga chiqqanim...

Pushaymonman, ilojim yo‘q. Farzandimdan ayrildim, jiyanlarimdan...

Haydovchilardan ro‘lda ichmasliklarini, tezlikni oshirmasliklarini iltimos qilgan bo‘lardim», – deydi harakat ishtirokchilaridan biri bo‘lgan haydovchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring