Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DAN xodimlari bilan janjaldan so‘ng sirli tarzda vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

DAN xodimlari bilan janjaldan so‘ng sirli tarzda vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura matbuot xizmati tarmoqlarda tarqalgan «Haydovchi Qoraqalpog‘istonda DAN xodimlari bilan janjaldan so‘ng sirli tarzda olamdan o‘tdi…» sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan 12-noyabr kuni «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynou» yo‘nalishida N.Holiqovni murdasi topilganligi sabab tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shu kuni taxminan soat 22:00larda Qo‘ng‘irot tumanidagi bojxona postida fuqaro S.O‘rinov boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashinasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB 3-safarbarlik guruhi inspektorlari tomonidan to‘xtatilib, yo‘l harakati xavfsizligi qoidasi buzilganligi holati yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilishi haqida aytilganida, avtomashina yo‘lovchisi O.Xusanov inspektorlarni haqorat qilgan.

O.Xusanov inspektorlar bilan janjallashgan vaqtida avtomashina yo‘lovchisi Samarqand viloyati, Nurobod tumanida yashovchi N.Holiqov ushbu holatni telefonining video kamerasiga olish jarayonida YHXB inspektorlari undan videoga olmasligini so‘rashgan. Shunda, N.Holiqov YHXB inspektorlari telefonini olib qo‘ymasliklari uchun avtomashinadan tushib qochib ketgan.

Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng, A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynou» asfalt yo‘lining 874-875-km.da (tadbir o‘tkazilayotgan joyidan 450 metr uzoqlikda) N.Holiqovning murdasi topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum N.Holiqovning o‘limi yurak qon tomir yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqanligi sabab bo‘lgan, deyiladi prokuratura bayonotida.

Xozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat bo‘yicha YHXB xodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring