Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston janubida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Hindiston janubida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Foto: «Flickr»

«Times of India» nashri xabar berishicha, seshanba, 29-may kuni Hindiston janubidagi Telangana shtatida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan.

Hodisa Karimnagar — Varangal yo‘lida yuz bergan. Qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasi avtobus qarshisiga chiqib qolgan va to‘qnashuv yuz bergan. Oqibatda 7 kishi hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan. Avtobus haydovchisi bilan birgalikda yana 15 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Vrachlar ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir ekanini aytmoqda.

Hodisa sababi hali noaniqligicha qolmoqda. Politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring