Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlik Qashqadaryoda hokim yordamchisi ushlanganini izohladi

Hokimlik Qashqadaryoda hokim yordamchisi ushlanganini izohladi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani mahallalarning birida ishlovchi hokim yordamchisi qo‘lga tushdi. Holat yuzasidan tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qildi

Shu yilning 12 may kuni hokim yordamchisi E.F. Qarshi tumanida yashovchi fuqaroni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga feldsher lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Evaziga undan firibgarlik yo‘li bilan 300 AQSh dollarini olgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Muqaddam Qashqadaryo viloyat Bandlik boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan E.F. 2022 yil 12 yanvardan boshlab «Jonbuloq» mahallasida hokim yordamchisi lavozimida ish yuritib kelgan.

— Hokim yordamchisi tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatini oqlab bo‘lmasligini ta’kidlash bilan bir qatorda, uning mazkur jinoiy harakati «Jonbuloq» mahallasi hokim yordamchisi lavozimi bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgan tuman hokimligi munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlayotgan mas’ul qo‘lga tushgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring