Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichida uch murg‘ak bola bo‘lgan mashina yonib ketdi. Hodisa shundoqqina uy eshigi tagida sodir bo‘lgan

Ichida uch murg‘ak bola bo‘lgan mashina yonib ketdi. Hodisa shundoqqina uy eshigi tagida sodir bo‘lgan

Foto: IIB

Jizzax viloyatida noxush hodisa ro‘y berdi. Mashinada qoldirib ketilgan bolalar og‘ir kuyish jarohatlari olishgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Yakkaqayrog‘och mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1992 yil tug‘ilgan F.D. akasining 1 nafar, o‘zining esa 2 nafar farzandini «Matiz» ichida qoldirib, yashash uyiga kirib ketgan.

F.D uyda bo‘lgan vaqtda avtoulov ichida yong‘in yuzaga kelib, salonda bo‘lgan 2018 yilda tug‘ilgan Sh.Sh.ning tanasi 100 foiz 2- va 3-darajali termik kuygan.

Shuningdek, 2017 yilda tug‘ilgan M.Sh. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3-darajali kuygan. Bundan tashqari bolaning yuqori nafas yo‘llari 2- darajali kuygan.

2019 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning yuzi, ikki qo‘li 2-, 3-«A» va «B» darajali, yuqori nafas yo‘llarining esa 14-16 foizi kuygan. Jabrlanuvchilar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring