Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iroqda 12 yil deganda qor yog‘di (video)

Iroqda 12 yil deganda qor yog‘di (video)

Foto: «Korrespondent»

Iroqda 12 yildan beri birinchi qor yog‘di. Xususan, poytaxt Bag‘dod va Mo‘sul shahri qor bilan qoplangan, hatto Dajla daryosining ayrim joylari muzlagan. Havo harorati Selsiy bo‘yicha +3 darajagacha pasaygan.

Aytish kerakki, qorli qish bu o‘lka uchun kamyob hodisa sanaladi. Shuning uchun ham mahalliy aholi, ayniqsa, bolalar, tabiat «syurprizi»ni quvonch bilan kutib olishdi. Bunga mamlakat sharqidagi Sulaymoniya shahrida olingan quyidagi video orqali ham shohid bo‘lishingiz mumkin. Unda mahalliy telekanallardan birining ob-havo ko‘rsatuvi boshlovchisi qorbo‘ron qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring