Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi «Ishtixon dehqon bozori» yonib ketdi

Samarqanddagi «Ishtixon dehqon bozori» yonib ketdi

14 iyun kuni soat 00:01da Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan «Ishtixon dehqon bozori» MChJda oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari sotiladigan ochiq savdo rastasida yong‘in bo‘ldi.

FVV xabariga ko‘ra, hodisani bartaraf qilish uchun voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Olib borilgan amaliy harakatlar natijasida savdo rastalarining 450 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring