Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbuldagi qor bo‘roni O‘zbekiston samolyotlariga ta’sir qildi

Istanbuldagi qor bo‘roni O‘zbekiston samolyotlariga ta’sir qildi

Istanbulda sodir bo‘layotgan qor bo‘ronlari tufayli ikki tomonlama parvozlar kechiktirildi.

Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Istanbul xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, faqat 2022-yil 25 yanvar kungi HY– 271 Toshkent – Istanbul reysi vaqti 07.40 dan 13.00 ga ko‘chirildi, Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-072 reysi vaqti 12.30 dan 17.50 ga ko‘chirildi (Istanbul vaqti bilan).

Shuningdek, Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-056 reysi vaqti 16.20 dan 20.05 ga o‘zgartirildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring